Sharipov Sherzod Shavkatovich - 1989-yil Buxoro viloyati Romitan tumanida ziyolilar oilasida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, Iqtisodiyot fanlari doktori (PhD), dotsent v.b.
Tugatgan oliy ta'lim muassasalari:
2012y. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
2020y. "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti;
2022y. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabini tugatgan.
Mutaxassisligi: Jahon siyosati, iqtisodiyot, Loyiha boshqaruvi.
Malaka oshirish:
2014-2015 yy. Oliy diplomatiya maktabi;
2018-2019 yy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi YMO‘IKTI.
Mehnat faoliyati:
Sh.Sh.Sharipov mehnat faoliyatini 2012-yilda O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi(O‘zLiDeP)ning Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani kengashi apparati referent lavozimidan boshlagan.
2012-2013-yillarda O‘zLiDeP Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharcha Kengashi yetakchi konsultanti, bosh konsultanti, Toshkent shahar kengashi yetakchi konsultanti, bosh konsultanti, guruh rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2013-2016-yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbar yordamchisi, bosh mutaxassis, matbuot kotibi lavozimida samarali mehnat qilgan.
2016-2017-yillar Buxoro viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
2017-2020-yillarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri(boshlig‘i) lavozimida samarali mehnat qilgan.
2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-2024-yillarda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha o'rinbosari lavozimida samarali mehnat qilgan.
2024-yilda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati bo'linma boshlig‘i - "Prezidentning 5ta muhim tashabbusi" loyihalari rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
2025-yildan O'zb. Res. BMA dotsenti v.b lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2022y. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni;
2025y. III-darajali "Namunali xizmatlari uchun" ko'krak nishoni.